Neymar JCh qaydnomasidan joy olish yo‘lini topdi
"Santos" hujumchisi Neymar Braziliya terma jamoasining 2026-yilgi jahon chempionati uchun yakuniy tarkibiga kirish uchun yozgacha klubning safar o‘yinlarida o‘ynashdan bosh tortdi. Bu haqida Marca nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, braziliyalik futbolchi o‘tgan yili olgan jarohati takrorlanishidan qo‘rqmoqda, shu sababli u safar o‘yinlarini o‘tkazib yuborish orqali ushbu xavflarni minimallashtirmoqchi. Qayd etilishicha, futbolchi Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelottiga kerakligini isbotlash uchun o‘z uyida 7 ta o‘yin o‘tkazishi qolgan.
Eslatib o‘tamiz, italyalik futbolchi 18 may kuni Braziliya terma jamoasining jahon chempionati uchun tarkibini e’lon qiladi. Avvalroq, "selesao" bosh murabbiyi yulduz futbolchini yaqin orada bo‘lib o‘tadigan o‘rtoqlik o‘yinlari qaydnomasiga kiritmagani OAVda muhokamalarga sabab bo‘lgandi.
Fikrlar