Neymar mashg‘ulotlarga qaytdi
Neymar jarohatdan keyin Braziliya terma jamoasi bilan to‘liq mashg‘ulotlarga qaytdi va Shotlandiyaga qarshi o‘yinda maydonga tushishi mumkin.
Braziliya terma jamoasi hujumchisi Neymar yana to‘liq mashg‘ulotlarga qaytdi. Bu haqida Globo Esporte nashri xabar berdi.
Avvalroq Neymar jamoa bilan faqat qisman shug‘ullanaotgan edi. Endi esa 34 yoshli forvard umumiy guruh bilan to‘liq hajmda mashg‘ulot o‘tkazmoqda.
Neymar jahon chempionatida Braziliya terma jamoasining dastlabki ikki uchrashuvini o‘tkazib yuborgandi. U Marokash (1:1) va Gaitiga (3:0) qarshi o‘yinlarda maydonga tushmadi. Endilikda esa yulduz hujumchining Shotlandiyaga qarshi bahsda maydonga tushish ehtimoli ortayotgani aytilmoqda.
Shotlandiya va Braziliya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv 25 iyun kuni Toshkent vaqti bilan soat 03:00 da start oladi.

Izohlar (0)