Neymar o‘zi istamagan terma jamoaga tushdi

  • 21.07.2026 18:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

ESPN sport nashri 2026 yildgi jahon chempionatida oʻziga bildirilgan ishonchni oʻqlamay qolgan futbolchilardan tuzilgan ramziy terma jamoani eʼlon qildi.

Nashr tanloviga koʻra, darvozabon sifatida Urugvay terma jamoasi posboni Fernando Muslera kiritilgan. 

Himoya chizigʻiga esa Niko O’Rayli (Angliya), Virjil van Deyk (Niderlandiya), Mark Gehi (Angliya) va Yozua Kimmix (Germaniya) joylashtirildi. 

Yarim himoyada Skott Maktominey (Shotlandiya), Federico Valverde (Urugvay), Kristian Pulishich (AQSh), Brunu Fernandes (Portugaliya) va Florian Virts (Germaniya) nomzod sifatida qayd etilgan. 

Hujum chizigʻida esa Braziliya yulduzi Neymar ramziy tarkibga kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, jahon chempionati 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Meksika va Kanada hududlarida oʻtkazildi. Turnir tarixida ilk bor musobaqada 48 ta terma jamoa ishtirok etdi.

Kubokni Ispaniya terma jamoasi qoʻlga kiritdi. Finalda “qizil furiya” Argentina ustidan 1:0 hisobida gʻalaba qozondi. Uchinchi oʻrin Angliyaga nasib etdi. Bronza medallari uchun bahs juda sermahsul oʻtdi: inglizlar Frantsiya darvozasini 6 marta ishgʻol etdi va 6:4 hisobida zafar quchdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!