Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Neymar yana norozi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Unga nima yoqmadi?

«Santos» Braziliya kubogida kutilmagan tarzda musobaqani tark etdi. Neymar jamoasi ilk uchrashuvda «Palmeiras»ga 0:3 hisobida mag‘lub bo‘lgan, javob bahsida esa hisobni tenglashtirishga umid bog‘lagan edi. 

Ammo bu rejalar amalga oshmadi: javob uchrashuvi 0:0 hisobida yakunlandi, asosiy sabab sifatida esa maydon sifati tilga olinmoqda.

Uchrashuv o‘tkazilgan stadiondagi gazon shunchalik yomon ahvolda bo‘lganki, ikki jamoa ham xavfli hujumlar uyushtirishda qiynaldi. Natijada «Santos» kerakli gollarni ura olmadi va umumiy hisobda musobaqani tark etdi.

Neymar o‘yindan so‘ng maydon holatini keskin tanqid qildi.

«Maydon uchun javobgar bo‘lgan insonni alohida tilga olmoqchiman. Bunday gazonda hech qachon o‘ynamaganman. Ishonish qiyin, lekin o‘yindan bir kun oldin gazonni qayta kovlab tashlashgan, butun maydon chuqur-chuqur bo‘lib qolgan. Maydon biz uchun deyarli raqibga aylandi: no­te­kisl­ik­lar tufayli to‘xtash ham, tezlashish ham juda qiyin bo‘ldi», – deya Neymar­ning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.

Eslatib o‘tamiz, Neymar «Santos» safida 2025 yildan beri to‘p surmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q