Niderlandiyada ham ikkita katta yo‘qotish
Yulduzlar o‘ynay olmaydi
«Liverpul» himoyachisi Virjil van Deyk va «Sanderlend» hujumchisi Brayan Brobbi Niderlandiya terma jamoasi yig‘inini tark etdi va yaqinlashib kelayotgan Millatlar ligasi uchrashuvlarida maydonga tushmaydi. Bu haqida Niderlandiya Qirollik futbol federatsiyasi ma’lum qildi.
Federatsiya xabariga ko‘ra, futbolchilar klubdagi so‘nggi o‘yinlaridan so‘ng terma jamoa safida to‘liq kuch bilan harakat qila olish darajasiga yetmagan. Ular sog‘lig‘idagi muammolar tufayli optimal jismoniy holatdan yiroq ekani qayd etilgan. Shu bois murabbiylar shtabi futbolchilarni ortiqcha zo‘riqtirmaslikka qaror qilgan.
Shuningdek, van Deyk va Brobbi o‘rniga terma jamoaga qo‘shimcha futbolchilar chaqirilmasligi ta’kidlandi.
Niderlandiya terma jamoasi 13 noyabr kuni «Yoxan Kroyf Arena»da Gretsiyaga qarshi maydonga tushadi. 16 noyabrda esa jamoa safarda Germaniya terma jamoasiga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Izohlar (0)