Asosiy mazmunga oʻtish

Tennis

Nigina Abduraimova Tailandda g‘olib bo‘ldi

Zohir2018
Izohlar: 0

Niginaning navbatdagi sarguzashtlari

Tailandning Nontaburi shahrida tennis bo‘yicha ayollar o‘rtasida Xalqaro tennis federatsiyasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada hamyurtimiz Nigina Abduraimova bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
Sovrin jamg‘armasi 15 ming AQSh dollarini tashkil etuvchi turnirda Nigina Abduraimova so‘nggi hal qiluvchi final o‘yinini Xitoy Taypeyi vakilasi Pei Chi Liga qarshi o‘tkazdi.
Uch set davom etgan o‘yinda tennischimiz raqibini 6:1, 1:6, 6:3 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va musobaqa g‘olibiga aylandi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Nigina Abduraimova Tailanda o‘tkazilgan turnirda finalga qadar muvaffaqiyatli ishtirok etgan edi.
Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q