Nik Kirgios o‘z yurtida mahorat ko‘rsatmoqda

“Australian Open – 2018” musobaqasining erkaklar o‘rtasidagi bahslar qiziqarli o‘tmoqda.

Dunyoning oltinchi raqamli tennischisi xorvatiyalik Marin Chilich uchinchi davrada amerikalik Rayan Xarrisonni  7:6, 6:3, 7:6 hisobida mag‘lubiyatga uchratib, navbatdagi bosqichda ispaniyalik Pablo Karreno-Bustaga qarshi kortga chiqadigan bo‘ldi.

Avstraliyalik Nik Kirgios ushbu bosqichda frantsiyalik Jo-Vilfrid Tsongani besh setda – 7:6, 4:6, 7:6, 7:6 hisobida engdi. Endi Nik to‘rtinchi davrada Grigor Dimitrovga bilan raqobatlashadi.

Sports.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!