Nikoloz Basilashvili raqibini dodini berdi
Zohir2018
Gruzin tennischisining omadi kelib qoldi
Gruziyalik tennischi Nikoloz Basilashvili Monreal shahrida erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan musobaqaning ilk bosqichida g‘alaba qozondi.
Nikoloz keskin va murosasiz o‘tgan "Masters" turkumidagi mazkur turnirda serbiyalik Dushan Layovichga qarshi kortga chiqib, yakunda 3:6, 6:4, 6:4 hisobida zafar quchdi.
Shu tariqa "Rogers Cup"ning ikkinchi davrasiga chiqqan Basilashvili, endi germaniyalik Yan-Lennard Shtruffni sinovdan o‘tkazadi.


Izohlar (0)