"Сити"ning qimmatbaho himoyachisi ketmoqchi
Ali Ahmadxo’jayev
O‘zini boshqa klubda sinaydi
«Manchester Siti» himoyachisi Ryan Ait-Nuri faoliyatini Italiya ning yetakchi jamoalaridan birida davom ettirishi mumkin. Bu haqida futbol bo‘yicha insayder Ekrem Konur ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Jurnalist ma’lumotiga ko‘ra, Turin ning «Yuventus» klubi 25 yoshli Jazoir terma jamoasi a’zosini o‘z safiga qo‘shib olishga jiddiy qiziqmoqda. Ait-Nurining transfer qiymati taxminan 40 million yevroga baholanmoqda. Uning «Manchester Siti» bilan amaldagi shartnomasi 2030 yil iyuni oxiriga qadar mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsum Angliya premyer-ligasida Ait-Nuri 17 ta o‘yinda maydonga tushib, ikki marta golli uzatma muallifiga aylandi. Yangi chempionat mavsumida esa himoyachi hali beror marta ham maydonga tushgani yo‘q.

Izohlar (0)