Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

"Атлетико"ning rejasi aniq bo'ldi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

«Atletiko» Xulian Al’varyesni qishki transfer oynasida moliyaviy feyr-pley doirasida «Barselona»ga qo‘yib yuborishi mumkin.

Argentina terma jamoasi hujumchisi Xulian Al’vares atrofidagi manbalarning qayd etishicha, «Atletiko» (Madrid) qishki transfer oynasida futbolchini «Barselona»ga qo‘yib yuborishi mumkin. Bu haqida El Chiringuito TV efirida jurnalist Xose Al’vares Ayya ma’lumot berdi. 

Unga ko‘ra, kataloniyaliklar moliyaviy feyr-pley qoidalari doirasida qishda bu kelishuvni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Yozgi transfer oynasida Al’vares «Arsenal» uchun ustuvor nomzodlardan biri bo‘lgan edi. London klubi Leandro Trossar, Gabriyel Jezus va Gabriyel Martinelli ketganidan keyin hujum chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini izlayotgani xabar qilingan. Shuningga qaramay, argentinalik futbolchi «Atletiko»da qolishni ma’qul ko‘rdi. Manbalarga ko‘ra, u uzoq vaqtdan beri «Barselona»da o‘ynashni orzu qilgan, London shahri esa shaxsiy sabablarga ko‘ra unga ma’qul tushmagan.

Shu bilan birga, jurnalistlar ta’kidlashicha, «Arsenal» yanvarda Al’vares transferi masalasiga yana qaytishi ehtimoldan xoli emas. London klubi shuningdek «Bornmut» hujumchisi Eli Juniyor Krupi bilan shartnoma imzolash imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda. Biroq fransuz futbolchisi to‘piqqa qilingan jarrohlik amaliyotidan so‘ng tiklanish jarayonida bo‘lib, maydonga ertaroq kuzda qaytishi kutilmoqda.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q