Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Nitstsa" himoyachisi MYuning transferlar ro‘yxati boshida

Karim Xudayqulov
Izohlar: 0

"Barsa" sobiq a’zosi MYu radarida

"Nitstsa" himoyachisi Jan-Kler Todibo qishki transfer oynasida "Manchester Yunayted"ga o‘tishi mumkin. Jurnalist Rudi Galettining xabar berishicha, 23 yoshli Todibo "qizil iblislar" transferlar ro‘yxatida birinchi o‘rinda qolmoqda.

Qayd etilishicha, "Nitstsa" Todibo transferi uchun 50-60 million evro so‘ramoqda. Mankunianliklar yaqin vaqt ichida Todibo uchun aniq taklif bilan chiqishni rejalashtirmoqda. Ayni paytda poygada "Tottenxem" ham ishtirok etmoqda.

2023/2024 yilgi mavsumda frantsiyalik himoyachi 14 ta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q