Nodir Eliboev – 8-turning eng yaxshi murabbiyi!
Maʼlumki, Oʻzbekiston futzal federatsiyasi har bir turdan soʻng milliy chempionat doirasida “Turning eng yaxshi murabbiyi”ni aniqlash boʻyicha soʻrovnoma oʻtkazib kelmoqda.
Andijon shahrida boʻlib oʻtgan 8-tur yakunlari boʻyicha eʼlon qilingan navbatdagi soʻrovnoma natijalariga koʻra, eng koʻp ovozni Jizzaxning “BMB PFC” jamoasi bosh murabbiyi Nodir Eliboev toʻpladi — 41 foiz.
Toshkentning SQB jamoasi ustozi Konstantin Sviridov 21 foiz ovoz bilan ikkinchi natijani qayd etdi. Soʻrovnomada keyingi uchta oʻrin egalarning natijalari bir birlarinikiga juda yaqin boʻldi. “Oil Star” bosh murabbiyi Fuzuli Xayrulloev, “Bunyodkor” ustozi Abdulla Boʻrievlar 13 foizdan ovoz jamgʻarishgan boʻlishsa, Fargʻonaning “Neftchi” jamoasi bosh murabbiyi Farrux Zokirov 12 foiz natijani qayd etdi.
Shu oʻrinda barcha turlarda “Turning eng yaxshi murabbiyi” deb topilgan mutaxassislar roʻyxatini eʼtiboringizga havola etamiz:
1-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Xaydarqulov
2-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Rahmatov
3-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Rahmatov
4-turning eng yaxshi murabbiyi — Ravshan Rajabov
5-turning eng yaxshi murabbiyi — Dilshod Xaydarqulov
6-turning eng yaxshi murabbiyi — Alisher Yusupov
7-turning eng yaxshi murabbiyi — Fuzuli Xayrulloev
8-turning eng yaxshi murabbiyi — Nodir Eliboev

Fikrlar