Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Norchaev Sergeevga etib oldi

Suhrob Xolbekov
Izohlar: 0

To‘purarlik kurashi avjiga chiqmoqda

"CAFA" finalidan oldin "Nasaf" Alibek Davronovdan tashqari barcha futbolchilarini chaqirib oldi. Qarshiliklar "Buxoro"ga qarshi jiddiy tayyorgarlik ko‘rayotgani aniq edi  va "ajdarlar" yirik hisobda zafar quchdi. Uchrashuvning 13-daqiqasida esa finalda harakat qilmagan ikki futbolchi gol yaratishdi. Umar Eshmurodovning pasidan so‘ng Husayn Norchaev to‘pni boshi bilan darvozaga joylab qo‘ydi. 

Shu tariqa, Norchaev to‘purarlik kurashida intrigani yanada oshirdi. U "Paxtakor" hujumchisi Igor Sergeevga etib oldi. Ikkala futbolchi hisobida ham 12 tadan gol mavjud. Kurashda "So‘g‘diyona" a’zosi Lyupcho Doriev ham bor (10).

Husayn Superligadagi eng yaxshi natijasini takrorlashga yaqin turibdi. Ma’lumot uchun, u 2021 yilda 13 marotaba raqiblari darvozasini ishg‘ol qilgan. Keyingi mavsumda esa gollar soni kamaydi (9 ta). 2023 yilda strayker "Alaniya"ga yo‘l olgan. 

Xusain Norchaev vyzvan v sbornuyu Uzbekistana U23 - FC Alania

Norchaev so‘nggi yillarda to‘purarlik kurashida ishtirok etmay qo‘ygandi. RPLdan keyin "Neftchi" safida futbolchining gollari soni ko‘p bo‘lgani yo‘q. Farg‘ona klubida hujumchi 15 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urishga erishdi. Shu bilan birga, jarohat ham oldi. 

"Ajdarlar"ni oldinda Elit OChL birinchi turidan o‘rin olgan "Al-Ahli"ga qarshi bahs kutib turibdi. 

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q