Nottingem Forest”ning yangi bosh murabbiyi aniq bo‘ldi
“Nottingem Forest” jamoasi bosh murabbiy Anje Postekogluni qoniqarsiz natijalar tufayli iste’foga chiqardi. Klubning rasmiy bayonoti “Chelsi”ga qarshi 0:3 hisobidagi mag‘lubiyatdan atigi 19 daqiqa o‘tib, ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilindi.
Avstraliyalik mutaxassis jamoani bir oydan sal ko‘proq vaqt boshqardi. Uning qo‘l ostida “o‘rmonchilar” sakkizta o‘yinda ikki marta durang qayd etdi va olti bor mag‘lub bo‘ldi. Natijada jamoa turnir jadvalining quyi pog‘onalarida bormoqda.
Mashhur insayder Fabritsio Romano xabariga ko‘ra, tajribali murabbiy Shon Daych tez orada “Nottingem Forest”ning yangi bosh murabbiyi sifatida e’lon qilinadi. Shartnoma ikki yil muddatga mo‘ljallangan bo‘lib, muzokaralar yakuniy bosqichda.
Ma’lumot uchun, “Forest” navbatdagi uchrashuvini payshanba kuni Evropa Ligasi doirasida Portugaliyaning “Portu” jamoasiga qarshi o‘tkazadi.
Fikrlar