Novak Jokovich: Men shu erdaman!
Zohir2018
Novak Parijda zafar quchmoqda
Serbiyalik Novak Jokovich va polshalik Xubert Gurkach o‘rtasidagi uchrashuv Parij shahrida o‘tayotgan "Rolan Garros" musobaqasining birinchi davrasidan o‘rin oldi.
Uch setda davom etgan o‘yinda dunyoning birinchi raqamli tennischisi Novak raqibi ustidan 6:4, 6:2, 6:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Shu tariqa "French Open"ning ikkinchi davrasiga yo‘l olgan Jokovich, endi shveytsariyalik Genri Laaksonenni sinovdan o‘tkazadi.

Izohlar (0)