Noyer yozda faoliyatini yakunlashi mumkin
«Bavariya» darvozaboni Manuel Noyer 2027 yil yozida professional faoliyatini yakunlashi mumkin.
Myunxenning «Bavariya» jamoasi darvozaboni Manuel Noyer 2027 yil yozida professional faoliyatini yakunlashi mumkin. Bu haqida nemis nashri Bild xabar bermoqda.
Manba ma'lumotlariga ko‘ra, klub rahbariyati tajribali darvozabon qidirmoqda va shu maqsadda Angliyaning «Fulxem» jamoasi posboni Bernd Leno nomzodini ko‘rib chiqayapti. Shuningdek, mavsum yakunida 38 yoshli Sven Ulyrayx ham butsalarini mixga ilishi ehtimoli borligi aytilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Manuel Noyer hozirda 40 yoshda. U 2011 yilda «Shalke» klubidan «Bavariya»ga o‘tgan va shundan beri myunxenliklar darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Uning amaldagi shartnomasi kelasi yil yozigacha mo‘ljallangan.
Noyer «Bavariya» tarkibida barcha musobaqalar doirasida 603 ta o‘yin o‘tkazgan. U shu o‘yinlarning 272 tasida darvozasini goldan soqhlab qolishga muvaffaq bo‘lgan.

Izohlar (0)