Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

Nunyес «Ad-Diriya» futbolchisi!

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

Darvin Nunьes «Al'-Xilalь»dan «Al'-Diriya»ga 2027 yil iyunigacha ijara asosida o‘tishi kutilmoqda.

«Al’-Xilyal» hujumchisi Darvin Nunyеs yaqin orada «Al’-Diriya» klubiga o‘tishi mumkin.

Saudiya Arabistonining ikki klubi o‘rtasida kelishuvga erishilgani xabar qilinmoqda. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, urugvaylik forvard «Al’-Diriya» safini ijarа asosida to‘ldirishi kutilmoqda. Ijara shartnomasi 2027 yil iyunigacha mo‘ljallangan. Yangi jamoa futbolchining maoshini to‘liq o‘z zimmasiga oladi. Shu bilan birga, kelishuvda Nunyеsni keyinchalik to‘liq sotib olish bandining ko‘zda tutilmagani qayd etilmoqda.

Darvin Nunyеs 2025 yil avgustidan buyon «Liverpul»ni tark etganidan keyin «Al’-Xilyal» sharafini himoya qilib kelmoqda. U shu vaqtgacha jamoa tarkibida 24 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va jamoadoshlariga 5 bor hal qiluvchi pas yo‘lladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q