Nunyesh Mareska bilan Gvardiola haqida kutilmagan gap aytdi

  • 08.09.2026 07:09
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Mateush Nun’yesh jamoaning hozirgi bosh murabbiyi Enzo Mareska va avval jamoani o’n yil boshqargan Xosep Gvardiola o’rtasidagi farqlar haqida fikr bildirdi. 

Ma’lumki, italyalik mutaxassis joriy mavsum boshida «shaharliklar»ni boshqarishni Gvardioladan qabul qilib olgan edi.

«Men Pep bilan uch yil birga ishladim, Enzo bilan esa hali ikki oy bo’ldi, xolos. Shu bois Mareskani to’liq tanib ulgurmadim. Ehtimol, shu savolni yana bir necha oydan so’ng bersangiz, aniqroq javob bera olardim.

Menimcha, Pep va Enzo juda o’xshash. Balki bu Enzo Gvardiola murabbiylar shtabida ishlagani va undan ayrim taktik jihatlarni o’rgangani uchundir. Ikkalasi ham juda energiyaga to’la, ishiga katta ishtiyoq bilan yondashadi. Men ular orasida farqdan ko’ra o’xshashlikni ko’proq ko’ryapman», – deya Nun’yeshning so’zlarini keltiradi City Xtra.

Eslatib o’tamiz, seshanba kuni «Manchester Siti» Chempionlar ligasi umumiy bosqichi birinchi turida safarda «Portu»ga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!