Nursulton Ro‘ziboev chorlovni qabul qiladimi?
Qirg‘izistonlik Jorobek Teshaboev hamyurtimizni jangga chorlagan edi.
Xabaringiz bor, kecha Buxoro shahrida R-1 bo‘yicha o‘ziga hos turnir bo‘lib o‘tdi. Bu janglarni SPORT telekanali jonli efirda namoyish qilganligi uchun to‘xtalib o‘tishni lozim topmadim. Lekin e’tiborni tortadigan bir voqeylik bo‘ldiki, bu ayni damda yurtimizdagi barcha MMA muxlislarini qiziqtirayotganligi aniq. Albatta, hamyurtimiz Nursulton Ro‘ziboevni qirg‘izistonlik Jorobek Teshaboev jangga chorlaganini nazarda tutmoqdaman. To‘g‘risi, bundan biroz jahlim chiqqanligi ham rost. Shaxsan chorlov borasida emas. MMA olamida yoki boksda bu odatiy xol sanaladi. Har bir sportchi istalgan insoni bilan jang qilish ishtiyoqi borligini bildirishi mumkin. Qolaversa, bu o‘ziga hos PIAR vazifasini ham o‘taydi. Bu ushbu yakkakurash turlarining yozilmagan qonuni desak mubolag‘a bo‘lmas. To‘g‘risi, o‘sha erda kimdir chiroyli, sport tamoyillariga xos tarzda javob berib qolarmikun deb o‘ylagan edim. Afsuski, bunday bo‘lmadi. Bo‘lardiku, unga munosib javob qaytarsa, misol uchun, Jorobek do‘stim ko‘rdik ajoyib jangchisan. Lekin Nursultonning reytingi sendan anchagina yuqori. Vazn toifasi ham baland. Qolaversa, o‘zbek MMA olamida Ro‘ziboevdan boshqa sportchilar ham bor. Balki, avval men bilan jang qilib ko‘rarsan qabilida... Aslida, buni tabiiydek qabul qilishim mumkin edi. Qachonki, Nursultonning so‘ngi jangidagi voqealarni guvohi bo‘lmaganimda. Yuqorida ta’kidlab o‘tganimdek, bu erda umuman Jorobek Teshaboevga xusumatim yo‘q. Darhaqiqat, ajoyib jangchi ekan.
Shunday xayollar bilan Nursulton Ro‘ziboev bilan bog‘lanishga harakat qildim. Qani, sportchimizning o‘zi qanday fikrda ekan deya... Nursulton anchagina hotirjam tarzda o‘z mulohazalari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bilasizmi, o‘zim bu jangni kuzata olmadim. Keyinroq do‘stlarim tomonidan eshitdim va video - lavxasini ham ko‘rdim. Albatta, har bir sportchi jang taklif qilishi mumkin. Men bunday chorlovlardan xech qachon qo‘rqmayman. Aksincha, bu o‘ziga xos ishtiyoq baxsh etadi. Kerak bo‘lsa, barcha chorlovlarga munosib javob qaytara olaman. Bu borada o‘zimga ishonaman. Oktyabr oyida Doston Sharshaev bilan rasmiy jangim bor. Shuni o‘tkazib olsam, keyin bu xolatga jiddiy e’tibor qarataman. Qolaversa, ukam Mashrabjon Ro‘ziboev ham oktagonga chiqish istagida. Hozirda, sport formasi ajoyib ko‘rinish olgan. Balki bu borada o‘ylab ko‘rarmiz.

Izohlar (0)