Nursulton Ro‘ziboevning UFCdagi raqibi ma’lum

  • 21 iyun, 2023, 22:54
  • 0
  • MMA

Xabar berib o‘tganimizdek, taniqli jangchimiz Nursulton Ro‘ziboev UFC promousheni bilan shartnoma imzolagan va uning debyut jangi sanasi ma’lum qilinganligi haqida xabar bergandik.

U 2 iyul kuni markaziy jangi Shon Striklend va Abusupiyan Magomedovdan iborat bo‘lgan, UFC Fight Night turnirida jang qiladi Raqib ham ma’lum bo‘lib ulgurdi. Unga ko‘ra, yurtdoshimiz braziliyalik mag‘lubiyat bilmay kelayotgan Brunno Ferreyraga qarshi oktagonga ko‘tariladi.

Ma’lumot uchun, Ferreyra professional faoliyati mobaynida 10 ta jang o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozongan. UFC da esa bitta jang o‘tkazgan va unda Gregori Rodrigesni mag‘lub etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!