“Nyukasl” futbolchisi jamoadan ketmoqchi

  • 16.12.2025 17:42
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol

"Nyukasl" yarim himoyachisi Brunu Gimaraynsh qishda faoliyatini boshqa klub safida davom ettirishi mumkin. 

Jurnalist Migel Delanining bergan ma’lumotiga ko‘ra, Brununing vakillari "Manchester Yunayted" bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Ma’lum bo‘lishicha, braziliyalik futbolchi "Nyukasl"ning hozirgi holatidan ko‘ngli to‘lmayapti. 28 yoshli yarim himoyachi jamoa bosh murabbiyi Eddi Xauga ketishni ma’lum qilgan. 

Futbolchining hozirda transfer bozorida narxi 75 million evroga baholanmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha amal qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, Gimaraynsh joriy mavsum "qarg‘alar" safida 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 5 ta gol kiritgan va 5 ta golli uzatma amalga oshirgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!