Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Nyukasl" rasmаn "Siti" yulduzi transferini e'lon qildi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Futbolchiga raqam ham berildi

«Nyukasl» klubi yarim himoyachi Niko Gonsales bilan shartnoma imzolaganini rasmiy ma’lum qildi. 24 yoshli ispaniyalik futbolchi «Manchester Siti»dan kelib qo‘shildi va jamoa bilan uzoq muddatli kelishuv tuzdi.

Shu tariqa Gonsales yozgi transfer oynasidan buyon «Nyukasl» tarkibiga qo‘shilgan yettinchi futbolchiga aylandi. U jamoada 6-raqam ostida maydonga tushadi.

«Bunday ajoyib klubga kelganimdan juda xursandman. Jamoa va shahar haqida ko‘p yaxshi gaplar eshitganman. Loyiha­ning bir qismiga aylanish imkoniyatini katta intizolik bilan kutyapman», — deya ta’kidladi Gonsales.

Klubning sport direktori Ross Uilsonning ta’kidlashicha, Gonsales aynan shu pozitsiya uchun asosiy nomzod sifatida ko‘rilgan.

Niko Gonsales «Barselona» tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U shuningdek «Valensiya» va «Portu» klublari sharafini ham himoya qilgan. Transfermarkt ma’lumotlariga ko‘ra, uning transferi 56 million yevro atrofida baholangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q