"Nyukasl" sardori jamoadan ketishni istamayapti
Bruno Gimaraeş "Manchester Yunayted" qiziqishiga qarama-y, "Nyukasl"ni tark etish niyatida emas.
"Newcastle Chronicle" ma'lumotiga ko'ra, braziliyalik yarim himoyachi hozirgi klubida o'zini juda yaxshi his qilmoqda va jamoani o'zgartirishni rejalashtirmayapti.
Uning "Nyukasl" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portaliga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 75 million yevroni tashkil etadi.
Joriy mavsumda 28 yoshli futbolchi Angliya chempionatida 23 ta o'yinda maydonga tushib, 9 ta gol va 4 ta golli uzatma mualliflik qilgan.
Fikrlar