O‘nta klub Ikardini sotib olmoqchi
Tanlash qiyin bo‘ladi
«Galatasaroy» tarkibini tark etgan sobiq hujumchi Mauro Ikardi hali ham o‘zining yangi klubini izlamoqda.
TyC Sports xabariga ko‘ra, argentinalik forvardga bir vaqtning o‘zida Yevropaning yetti klubi qiziqish bildirgan. Ular orasida Angliya premyer-ligasidan «Tottenxem» va «Everton» ham bor. Shuningdek, Ikardi nomzodi PAOK, «Elche», «Betis», «Beshiktaş» va «Benfika» ro‘yxatlariga ham kiritilgan.
Mauro Ikardiga faqat Yevropada emas, Janubiy Amerikada ham talab bor. Xususan, Braziliyaning ikki klubi — «Atletiko Mineyro» va «San-Paulu» ham tajribali hujumchini o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Har ikki jamoa futbolchining atrofidagi vaziyatni diqqat bilan kuzatib bormoqda.
Ikardi «Galatasaroy»ni o‘tgan yozda tark etgan edi. U o‘tgan mavsumda 33 yoshda bo‘lishiga qaramay, jamoa uchun 47 ta o‘yin o‘tkazib, 16 ta gol urdi va 3 ta golli pas muallifiga aylandi.

Izohlar (0)