Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

OʼRayli: «Men yarim himoyada oʻynashni xohlayman»

Abdukarim Atayev
Izohlar: 0

«Manchester Siti» futbolchisi Niko O'Rayli o'zining yana yarim himoyachi pozitsiyasiga qaytishni istashini ma'lum qildi.

«Manchester Siti» yarim himoyachisi Niko O'Rayli o‘zining maydon markaziga qaytish istagi haqida gapirib o‘tdi. O‘tgan mavsumning katta qismini angliyalik futbolchi chap qanot himoyasida o‘tkazgan edi.

«Albatta, shubhasiz. Men yarim himoyada o‘ynashni istayman. Lekin men shunday futbolchimaniki, turli vazifalarga tez moslasha olaman. Chap qanot himoyachisi bo‘lib ham, tayanch yarim himoyachi sifatida ham o‘ynay olaman. Murabbiy menga har qanday pozitsiyada maydonga tushishga tayyor turishim kerakligini aytdi. U bunday ko‘p qirrali jamoa uchun juda katta afzallik ekanini ta’kidladi», — dedi O'Rayli Sky Sports Premier League bilan suhbatda.

O'Rayli o‘tgan mavsumda barcha musobaqalarni hisobga olgan holda 54 ta o‘yinda maydonga tushdi, raqiblar darvozasini 9 marta ishg‘ol etdi va 6 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q