O‘z ishini epololmagan Ronalduni O‘zbekistonга qarshi maydonga tushadimi?
Jahon chempionati guruh bosqichi birinchi turida Portugaliya terma jamoasi DR Kongoga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi – uchrashuv 1:1 hisobida yakunlandi.
41 yoshli Krishtianu Ronaldu asosiy tarkibda maydonga tushdi va bellashuvni to‘liq o‘tkazdi. Shunga qaramay, u jamoasiga hal qiluvchi g‘alabani olib kela olmadi. Qolaversa, mashhur yulduz uchrashuvning eng yomon o‘yinchisi sifatida e’tirof etildi.
O‘yindan so‘ng jurnalistlar Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesdan tajribali hujumchining to‘liq o‘yindan keyingi holati haqida so‘rashdi.
- Ronaldu 90 daqiqa to‘liq o‘ynadi, lekin keyingi o‘yin uch kundan keyin emas, olti kundan keyin bo‘ladi. O‘ylaymanki, yondashuvimiz o‘zgarmaydi. Eng muhimi – barcha futbolchilar jismoniy jihatdan eng yuqori holatda qolishi.
Biz Ronalduning yoshiga qarab baholamaymiz, biz uchun uning maydonda ko‘rsatayotgan ta’siri asosiy o‘rinda turadi, – dedi Roberto Martines.
Portugaliya – O‘zbekiston uchrashuvi 23 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Bellashuv boshlanishi Toshkent vaqti bilan soat 20:00 ga belgilangan.

Fikrlar