Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

"Сити" oʻz yulduzini 99 million yevroga sotib yubordi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Manchesterliklar savdo qilishni yaxshi biladi

«Manchester Siti» va «Tottenxem» qanot hujumchisi Savioning transferi bo‘yicha to‘liq kelishuvga keldi. 

Globo nashri ma’lumoticha, londonliklar braziliyalik futbolchi uchun jami 99 million yevro to‘laydi. Shuning 93,3 million yevrosi — kafolatlangan asosiy summa, qolgan 5,7 million yevro esa turli bonuslar ko‘rinishida beriladi.

Manbalarga ko‘ra, 22 yoshli vinger ko‘proq o‘yin amaliyotiga ega bo‘lish maqsadida jamoani almashtirish istagini «Manchester Siti» rahbariyatiga yetkazgan. Yaqin kunlarda Savio Londonga uchib, «Tottenxem» uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tishi kutilmoqda.

Xabarda ta’kidlanishicha, londonliklar «Manchester Siti» hujumchisi Umar Marmushni ham o‘z safiga qo‘shib oladi. Shu tariqa «Tottenxem» ikki futbolchi uchun jami 151 million yevro sarflashi rejalashtirilgan.

O‘tgan mavsumda Savio barcha musobaqalar doirasida 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urdi va 3 ta golli uzatma berdi. Umar Marmush ham 36 ta uchrashuvda ishtirok etdi, unda 8 ta gol muallifi bo‘ldi va 3 marta sheriklariga golli pas yo‘lladi.

Ulashish
SPORTS.uz'ni Youtube'da tomosha qiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q