O'zbekiston 6:0 hisobida g'alaba qozondi
Kelajak ishonchli qo'llarda
O‘zbekiston U-16 yoshlar terma jamoasi nazorat uchrashuvida yurtimiz klubi «Do‘stlik»ni yirik hisobda mag‘lub etdi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi ma’lumotiga ko‘ra, bellashuv 6:0 hisobida yakunlandi.
Terma jamoa tarkibida Yahyo Baxtiyorov dublga erishgan bo‘lsa, Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, Behruz Samatov, Kamoliddin Akbaraliev va Ulug‘bek Xayrullaev raqib darvozasini bir martadan ishg‘ol etdi.
O‘zbekiston U-16 terma jamoasi uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi: Jasur Bahriddinov, Xo‘jiakbar Zulfiqorov, Azizillo Erkinjonov, Abdulaziz Bobirov, Ro‘zimurod Ro‘zimurodov, Yahyo Baxtiyorov, Hasan Uralov, Fayz Ochilov, Abdulloh Xolmamatov, Husan Uralov va Shohjahon Turaqulov.
Ikkinchi bo‘limda jamoa tarkibiga bir qator o‘zgarishlar kiritildi. Zaxiradan maydonga Berdiev, Tillaev, Bahodirov, Nasrulloev, Abduvaliev, Mamatov, Abdujalilov, O‘skenboev, Shuxratillaev, Eshboev, Xayrullaev, Akbaraliev, Ruzimurodov va Samatov tushirildi.

Izohlar (0)