Asosiy mazmunga oʻtish

Boks

Oʻzbekiston boks afsonasi professional ringga qaytmoqda

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Tez orada jang sanasi va raqib ma'lum bo‘ladi

O‘zbekistonlik mashhur bokschi Hasanboy Do‘smatov Rossiyada faoliyat yurituvchi menedjerlik kompaniyasi - Premier Boxing Academy bilan shartnoma imzoladi. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, mashhur sportchining navbatdagi jangi oktyabr yoki noyabr oylarida IBA.Pro loyihasi doirasida o‘tkazilishi kutilmoqda.

«Qarshi oling — Hasanboy Do‘smatov! O‘zbek boksi afsonasi, ikki karra olimpiya chempioni va Vеl Barker kubogi sohibi “Premier Boxing Academy” bilan shartnoma imzoladi.

Ikkita Olimpiada “oltini”, jahon chempioni unvoni va Osiyo chempionatlaridagi uch karra g‘alaba — bu uning hayratlanarli yo‘lining faqat bir qismi, xolos. Bunday yuksak natijalarga erishgan sportchi endi bizning jamoamiz safiga qo‘shilganidan juda mamnunmiz», — deyiladi PBA bayonotida.

Eslatib o‘tamiz, professional ringda Hasanboy Do‘smatov 7 ta jang o‘tkazgan va barchasida g‘alaba qozongan (ularning 5 tasini nokaut bilan yakunlagan). 

Havaskorlar o‘rtasidagi faoliyati esa yanada muvaffaqiyatli: Do‘smatov ikki karra olimpiya chempioni va jahon chempioni, uch marta Osiyo chempioni bo‘lgan, 2022 yilda esa Osiyo o‘yinlarida oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q