O'zbekiston bu gal sensatsion tarzda yutqazdi
O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 2026 yildgi Jahon shaxmat olimpiadasidagi ilk mag‘lubiyatini qayd etdi. Sportchilarimiz sakkizinchi turda Germaniya terma jamoasiga 1,5:2,5 hisobida imkoniyatni boy berdi.
O‘zbekiston jamoasiga yagona g‘alabani Javohir Sindarov olib keldi — u Mattias Blyubaumni mot qildi. Jamoa yetakchisi Nodirbek Abdusattorov Vinsent Kaymerga qarshi uchrashuvni durang bilan yakunladi. Nodirbek Yakubboev Frederik Svanega, Shamsiddin Vohidov esa Rasmus Svanega qarshi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi.
Germaniyaga qarshi ushbu mag‘lubiyatga qadar O‘zbekiston terma jamoasi mukammal natija qayd etib kelayotgan edi. Grossmeysterlarimiz qatorasiga yetti turning barchasida g‘alaba qo‘zongan.
Bu natijadan so‘ng O‘zbekiston terma jamoasi turnir jadvalidagi yakka yetakchilikni boy berdi va endilikda Germaniya bilan birgalikda peshqadamlikni bo‘lishib turibdi. Har ikki jamoa hisobida 14 tadan ochko mavjud.
2026 yildgi 46-Jahon shaxmat olimpiadasi yakunigacha yana uch tur qolgan.

Fikrlar