O‘zbekiston – Eron o‘yiniga bashorat: Kim yutadi?
24 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da Fargʻonada Oʻzbekiston va Eron milliy jamoalari oʻrtasida xalqaro oʻrtoqlik uchrashuvi boʻlib oʻtadi.
Ushbu bellashuvning yana bir oʻziga xos jihati shundaki, oʻyinni Rossiyaning eng yaxshi referilaridan hisoblangan Kirill Levnikov boshchiligidagi hakamlar brigadasi boshqarib boradi.
Oʻzbekiston terma jamoasi hozircha futbol jamoatchiligi eʼtiborida. Jamoa yozda Shimoliy Amerikada oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etdi va hanuz italyalik mutaxassis Fabio Kannavaro qoʻl ostida harakat qilmoqda.
Mundialdan soʻng oʻzbekistonliklar rasmiy oʻyin oʻtkazmadi, 2026 yil davomida esa jamoani Eron, Suriya va Janubiy Koreya futbolchilariga qarshi uchta oʻrtoqlik uchrashuvi kutmoqda.
Kannavaro shogirdlari soʻnggi besh oʻyinda toʻrt marta magʻlubiyatga uchragan, shu bois Fargʻonadagi bellashuv noxush seriyani toʻxtatish uchun qulay imkoniyat sifatida koʻrilmoqda.
Ayniqsa, yigʻinga Abduqodir Husanov, Eldor Shomurodov va Abbos Fayzullaev kabi yulduz futbolchilar, shuningdek, Behruz Karimov, Mahmud Mahamadjonov, Umarali Rahmonaliev, Jahongir Oʻrozov, Muhammadali Oʻrinboev kabi Shveytsariya, Ozarbayjon, Rossiya va Belgiya ligalarida oʻynayotgan yosh legionerlarning ham chaqirilgani fonida bu oʻyinlarga qiziqish yanada ortadi.
Eron terma jamoasi ham jahon chempionatida maydonga tushgan, biroq pley-off bosqichiga chiqolmagan. Shu bilan birga, guruh bosqichida biror raqibdan magʻlubiyatga uchramadi – Misr, Belgiya va Yangi Zelandiyaga qarshi oʻyinlarda durang qayd etildi. Eronliklar soʻnggi olti oʻyinda biror marta yutqazmagan, shu sababdan Fargʻonadagi bahs bu barqaror jamoaning holatini yana bir bor baholash uchun yaxshi imkoniyat sifatida koʻrilayapti. Qolaversa, 29 sentabr kuni Eron Rossiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi rejalashtirilgan.
Statistik maʼlumotlar
– jamoalar oʻzaro 18 marta toʻqnash kelgan, umumiy hisobda ustunlik Eron tomonida: 10 gʻalaba, 2 magʻlubiyat, 6 durang;
– oʻrtoqlik uchrashuvlarida raqiblar 6 marta uchrashgan: Eron 4 bor yutib, 2 oʻyin durang bilan yakunlangan;
– jamoalar oʻrtasidagi soʻnggi oʻyin 2025 yil 18 noyabrda boʻlib oʻtgan: oʻrtoqlik uchrashuvida asosiy vaqt 0:0 hisobida tugagan, penaltilar seriyasida esa oʻzbekistonliklar zafar quchgan;
– soʻnggi ikki oʻzaro oʻyinda jami bitta gol urilgan;
– eronliklar Oʻzbekistonga qarshi ikki oxirgi oʻyinda gol ura olmagan;
– soʻnggi olti oʻzaro uchrashuvda Eron Oʻzbekiston ustidan biror marta gʻalaba qozonmagan;
– oxirgi besh oʻzaro oʻyinning toʻrttasi kam golli tarzda yakunlangan;
– jamoalar oʻrtasidagi soʻnggi olti oʻyindan beshtasi durang bilan tugagan.
Ekspertlar taxmini
Soʻnggi yillarda Oʻzbekiston va Eron oʻrtasidagi oʻyinlar koʻpincha durang bilan yakunlanmoqda. Bu safar ham har ikki jamoani tinch natija qoniqtirishi ehtimoli yuqori. oʻyin nisbatan kam golli, kuchlar esa deyarli teng boʻladi, maydonda kurash juda koʻp boʻlishi kutilmoqda

Fikrlar