O‘zbekiston havaskor boks bo‘yicha jahon reytingida Qozog‘istonni ortda qoldirdi

  • 09.09.2026 19:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Nufuzli BoxRec portali dunyodagi eng kuchli havaskor bokschilarning vazn toifasidan qat’iy nazar tuzilgan (P4P) yangilangan reytingi e’lon qildi, deb xabar beradi Sports.kz.

Yangilangan ro‘yxatda yetakchi pozitsiyani O‘zbekiston sharafini himoya qilayotgan, engil vazn toifasida jang qiladigan olimpiya chempioni Abdumalik Xalokov egalladi. Ikkinchi o‘ringa Rossiyalik og‘ir vazn vakili Muslim Gadjimagomedov joylashgan. Uchinchi pog‘onada yana bir rossiyalik bokschi — Vsevolod Shumkov qayd etilgan.

Qozog‘istondan esa top-15 talikka faqat bitta bokschi kirdi. Birinchi o‘rta vaznda jang qiladigan Ablayxan Jusupov dunyo bo‘yicha P4P reytingida 12-o‘rindan joy olgan. Tokio-2020 Olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘lgan Saken Bibosinov esa 24-pozitsiyada qayd etilgan.

Kuchli beshtalikka, shuningdek, Ukraina olimpiya chempioni Aleksandr Xijnyak hamda beshinchi o‘rinni egallagan o‘zbekistolik bokschi Fazliddin Erkinboyev kirdi.

Xalokov va Erkinboyevdan tashqari, top-10 talikka yana ikki nafar o‘zbekistolik bokschi kirgan. To‘rabek Xabibullaev sakkizinchi o‘rinni, Asadx’oja Mo‘ydinx’ojaev esa o‘ninchi pog‘onani egallagan. 

Umuman olganda, top-15 talikda O‘zbekiston sharafini besh nafar bokschi himoya qilmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!