Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

O'zbekiston Ispaniya va Urugvay bila o'ynaydi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O'yinlar shu hafta Ispaniyada bo'ladi

O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi Toshkentdagi o‘quv-mashg‘ulot yig‘inini yakunlab, ikki nazorat uchrashuvi o‘tkazish uchun Ispaniyaning Albır shahriга yo‘l oldi. 

Bu haqida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Sergey Chigodaev shogirdlari 25 avgust kuni Urugvay U-17 terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. 

27 avgust sanasida esa Ispaniya yoshlar terma jamoasiga qarshi bahs o‘tkazish rejalashtirilgan. Har ikki o‘yin ham Albır shahrida bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nazorat uchrashuvlari O‘zbekiston U-17 terma jamoasining 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik dasturining muhim qismi hisoblanadi. Musobaqa 19 noyabrdan 13 dekabrga qadar Qatarda o‘tkazilishi belgilangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q