Asosiy mazmunga oʻtish

O‘zbekiston qozog‘istonlik qizga pul o‘tkazib berdi

Ali Ahmadxo’jayev
Izohlar: 0

Hamma masala hal bo‘ldi

Qozog‘istonlik engil atletika vakili Adelina Zems 2025 yilda Toshkentda o‘tkazilgan «Gennadiy Arzumanov xotira turniri» va «Silk Road to Tokyo» musobaqalarida qo‘lga kiritgan g‘alabalari uchun va’da qilingan pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi. Bu haqida Sports.kz xabar berdi.

Atletikaning yosh yulduzi bu haqida ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

«O‘rtoqlar, nihoyat shu kun ham keldi! O‘tgan yili Toshkentda qo‘lga kiritgan mukofot pullarimizni O‘zbekiston federatsiyasidan oldik! Masala yopildi», — deb yozdi sportchi Instagram’dagi storisida.

Postda keltirilgan ma’lumotga ko‘ra, Adelinaga to‘langan umumiy mukofot puli 1500 dollarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilda Toshkentda bo‘lib o‘tgan musobaqalarda besh karra Osiyo chempioni bo‘lgan Zems ikki turnirda ham yuqori natija qayd etgan. «Gennadiy Arzumanov xotira turnirida» u o‘zining asosiy yo‘nalishi — 400 metrgа baryerli yugurishda oltin medalni qo‘lga kiritgan.

Xalqaro «Silk Road to Tokyo» musobaqasida esa Adelina birdaniga uchta oltin medal yutib, alohida ajralib turdi: 400 metrgа baryerli yugurishda, ayollar o‘rtasidagi 4×400 metr estafetasida hamda aralash 4×400 metr estafetasida g‘olib bo‘ldi.

Mazkur startlardagi g‘alabalar uchun O‘zbekiston engil atletika federatsiyasi sportchiga mukofot puli to‘lashi kerak edi. Biroq to‘lov ma’lum muddat kechikdi va Adelina o‘z haqqi bo‘lgan mablag‘ni shu kunlarga qadar kutib turishga majbur bo‘ldi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Telegram'dagi kanaliga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q