Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

O‘zbekiston terma jamoasining eng kuchli tomonini aniqlashdi!

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

O'zbek futbolchilari kuchli ligalarni zabt etmoqda

FIFA taqvimidagi navbatdagi xalqaro tanaffus davomida O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari 12 noyabr kuni Toshkentda o‘zaro o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Ana shu munosabati bilan Rossiya manbalari O‘zbekiston milliy terma jamoasiga oid tahlillarini e’lon qila boshladi.

Sports.uz portali ana shunday maqolalardan birini o‘zbekistonlik o‘quvchilar e’tiboriga havola etishni ma’qul ko‘rdi. 

Tarix

O‘zbekiston terma jamoasi tarixi SSSR parchalangandan keyin boshlanadi. 1992 yilda jamoa ilk rasmiy uchrashuvini o‘tkazgan – safarda Tojikiston termasiga qarshi maydonga tushib, durang qayd etgan (2:2). 

Faqat oradan ikki yil o‘tib, O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Xalqaro futbol federatsiyasi (FIFA) a’zosiga aylandi.

Futbol mamlakatda eng ommaviy sport turlaridan biri bo‘lishiga qaramay, terma jamoa uzoq vaqt katta yutuqlar bilan muxlislarni xursand eta olmadi. Keyingi yillarda vaziyat o‘zgardi: O‘zbekiston muntazam ravishda Osiyo kubogi pley-off bosqichiga chiqmoqda, o‘tgan yozda esa tarixida birinchi marta jahon chempionatida ishtirok etdi. Jamoaga 2006 yildagi "Oltin to‘p" sohibi, italyanlik mutaxassis Fabio Kannavaro boshchilik qilmoqda.

Asosiy yutuqlar

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 59-o‘rinni egallab turibdi. Joriy yilda o‘zbekistonliklar ilk bor jahon chempionatida ishtirok etishdi. Musobaqaning guruh bosqichida jamoa Kolumbiya (1:3), Portugaliya (0:5) va Kongo Demokratik Respublikasi (1:3) terma jamoalariga mag‘lub bo‘ldi.

Shu bilan birga, O‘zbekiston Osiyo mintaqasidagi eng nufuzli musobaqa – Osiyo kubogining doimiy ishtirokchisi. Jamoaning bu turnirdagi eng yaxshi natijasi 2011 yilda qayd etilgan to‘rtinchi o‘rindir. Shuningdek, O‘zbekiston terma jamoasi 1994 yilda Osiyo o‘yinlarida oltin medalga sazovor bo‘lgan.

O‘zbekiston terma jamoasi tarixida eng ko‘p gol urgan futbolchiayni paytda Turkiyaning "Bashakshеhir" klubida o‘ynayotgan Eldor Shomurodovdir. 31 yoshli forvard xalqaro miqyosda 97 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini 47 marotaba ishg‘ol qilgan. Rossiya muxlislari uni "Rostov" tarkibidagi o‘yinlari orqali yaxshi taniydi, o‘sha paytda jamoaga hozir Rossiya milliy terma jamoasiga ustozlik qilayotgan Valeriy Karpin boshchilik qilgan. 

O‘zbekiston milliy terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchi esa Server Jеparov – uning hisobida 128 ta uchrashuv bor.

Jamoalarning yetakchi futbolchilari

O‘zbekiston terma jamoasi hozirgi paytda umidli avlodga ega. Uning eng taniqli vakili – 22 yoshli himoyachi Abduqodir Husanov. Iqtidorli futbolchi 2025 yildan beri Angliyaning "Manchester Siti" klubi sharafini himoya qilmoqda. 

Terma jamoa sardori – Eldor Shomurodov, Italiyadagi faoliyati, xususan, "Jenoa", "Spetsiya", "Kalyari" va "Roma"dagi faoliyati bilan mashhur. 

Shomurodovning hozirgi klubi - "Bashakshеhir"da hujumchi bilan birga o‘ynayotgan Abbosbek Fayzullaevni ham Rossiyadagi futbol jamoatchiligi yaxshi biladi. 22 yoshli iste’dodli hujumkor futbolchi CSKAdagi sermazmun va samarali o‘yinlari bilan muxlisu mutaxassislar e’tiborini qozongan. 

O‘zaro o‘yin

O‘zbekiston va Rossiya milliy terma jamoalari shu paytga qadar faqat bir marotaba o‘zaro to‘qnash kelgan. O‘sha yagona uchrashuv 2022 yilda Toshkentda o‘tkazilgan va golsiz durang  bilan yakunlangan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q