O'zbekiston yirik hisobda zafar quchdi
Gol urishni shu o'yinchilardan o'rganing
Ayti va Nagoya (Yaponiya) shaharlarida o'tayotgan Osiyo o'yinlari–2026 doirasida 23 yoshgacha bo'lganlar o'rtasidagi futbol musobaqasida O'zbekiston va Filippin yoshlar terma jamoalari o'rtasidagi guruh bosqichi birinchi tur uchrashuvi bo'lib o'tdi.
Uchrashuv o'zbekistonlik yosh futbolchilarning yirik g'alabasi bilan yakunlandi — 5:1. O'zbekiston tarkibida Muhammadali Urinboev 30-daqiqa, Saidumarxon Saidnurullaev 60 va 71-daqiqalarda, Ruziboy Fayzullaev 73-daqiqa, shuningdek, Muhammadali Reimov 79-daqiqada gol urdi.
Filippin terma jamoasining yagona goliga esa 62-daqiqada Djoshuа Merino mualliflik qildi. 48-daqiqada filippinlik futbolchi Gevin Myuns maydondan chetlatilganidan so'ng, o'zbekistonliklar bir nafar ko'p futbolchi bilan o'ynash imkoniyatiga ega bo'ldi.
Guruh bosqichining ikkinchi turida O'zbekiston 18 sentabr kuni Kuveytga qarshi maydonga tushadi. Shu kuni Filippin terma jamoasi Vyetnamga qarshi bahs olib boradi.

Izohlar (0)