O'zbekistonga qarshi o'ynagan futbolchi yangi jamoadan ish topdi
Italiya klubi 22 million yevro to‘lashga tayyor
«Bolonya» markaziy himoyachisi Jon Lukumi yaqin vaqtlarda Italiyaning boshqa jamoasiga o‘tishi mumkin. Bu haqida ijtimoiy tarmoqlarda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, kolumbiyalik futbolchiga «Komo» klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Jamoa rahbariyati 28 yoshli himoyachi uchun 22 million yevro taklif qilishga tayyor. Lukuming o‘zi ham shu yozda jamoasini almashtirish variantlarini ko‘rib chiqishga rozi.
Kolumbiyalik futbolchi «Bolonya» safida 2022 yil avgustidan beri to‘p surmoqda. U bilan amaldagi shartnoma 2027 yil iyuni oxirigacha mo‘ljallangan.
O‘tgan mavsumda Jon Lukumi A Seriyada 29 ta o‘yinda maydonga tushib, bir gol urdi va besh marta ogohlantirish kartochkasi oldi.
Eslatib o‘tamiz, Jon Lukumi 2026 yildagi jahon chempionatida Kolumbiya terma jamoasi tarkibida O‘zbekistonga qarshi to‘liq o‘ynagan edi.
Izohlar (0)