O‘zbekistonning mundialdagi ishtiroki qanday baholandi?

  • 21.07.2026 09:10
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Sankt-Peterburgning «Zenit» klubi va Qozog‘iston terma jamoasi himoyachisi Nurali Alip O‘zbekiston futbolchilarining 2026 yildagi jahon chempionatidagi tarixiy ishtirokini yuqori baholadi, deb xabar bermoqda Sports.kz sayti Rossiyaning «Match TV»ga tayangan holda.

- O‘zbekiston milliy terma jamoasini kuzatib bordim. O‘ylaymanki, ularning 2026 yildagi jahon chempionatining guruh bosqichiga yo‘l olishining o‘zi katta yutuq, — dedi Nurali Alip.

Ma’lumki, O‘zbekiston terma jamoasi o‘z tarixida ilk bor jahon chempionati guruh bosqichiga chiqdi. Musobaqa AQSh, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tkazildi.

Shuningdek, Qozog‘iston terma jamoasi a’zosi bo‘lgan himoyachi «Zenit»dagi jamoadoshlari — Braziliya terma jamoasi safida 1/8 finalgacha yetib borgan Duglas Santos va Luis Enrique o‘yinlari haqida ham fikr bildirdi. Braziliya terma jamoasi ushbu bosqichda Norvegiyaga mag‘lub bo‘ldi.

— Santos va Luis Enrique uchun jon kuydirdim. Ayniqsa, Santosning o‘yinni tomosha qilish yoqimli bo‘ldi, u juda yaxshi o‘ynadi. Obunachilari ham ko‘paydi. Norvegiyaga qarshi o‘yinni ko‘rdim, u yerda u Syörlotga deyarli hech narsa qilishga imkon bermadi, — deya qo‘shimcha qildi Alip.

Eslatib o‘tamiz, AQSh, Kanada va Meksika mezbonlik qilgan jahon chempionatida Abbosbek Fayzullaev tarixiy birinchi golni urdi. Eldor Shomurodovning kongoliklar darvozasiga kiritgan to‘pi guruh bosqichining eng chiroyli goli sifatida e’tirof etildi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!