O'zbekistonning o'yini 4:1 hisobida yakunlandi
Oldinda jahon chempionati bor
O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi nazorat uchrashuvida O‘zbekistonning «Lokomotiv» klubi vakillari ustidan yirik hisobda g‘alaba qozondi. Uchrashuv 4:1 hisob bilan yoshlar termasi foydasiga yakunlandi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi.
Terma jamoa tarkibida Amirxon Erkinov, Muhammad Mamatov, Bilol Aliev va Laziz Abduraymov raqib darvozasini ishg‘ol qilishga muvaffaq bo‘ldi.
O‘zbekiston U-17 terma jamoasi uchrashuvni quyidagi tarkibda boshladi: Olim Shomurodov, Muhammad Aziz Ro‘ziboyev, Mirjamol Anvarov, Abubakir Rahimov, Jahongir O‘ktamboev, Islom Ravshanov, Amirxon Erkinov, Mirkomil Murodov, Suhrob Sadirjonov, Ahrorbek Ravshanbekov va Asibek Aliev.
Ikkinchi bo‘limda maydonga Mehroj Sirojiddinov, Davronbek Berdiyorov, Mashhurbek Abdisoliev, Nurmuhammad O‘ktamov, Mironshoh Eshpulatov, Muhammad Mamatov, Adis Abdunabiev, Bilol Aliev, Muhammadodilxon Orifxonov, Xabibulloh Tohirov va Laziz Abduraymov tushirildi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi 2026 yil 19 noyabrdan 13 dekabrigacha Qatar’da bo‘lib o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Jamoaga murabbiy sifatida Sergey Chigodaev rahbarlik qilmoqda.

Izohlar (0)