O'zbekistonning raqibi tarkibni e'lon qildi
O'yin raqib maydonida bo'ladi
Qozog‘iston U-17 yoshlar terma jamoasi kuzgi tayyorgarlik bosqichini Shimkent shahrida o‘tkazadi. Jamoa bu yerda to‘rtta xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvi o‘ynaydi, deb xabar bermoqda Sports.kz sayti.
Qozog‘iston yoshlar termasiga O‘zbekiston va Rossiya yoshlar terma jamoalari raqiblik qiladi. Barcha uchrashuvlar «Namis» stadionida bo‘lib o‘tadi.
Dastlabki ikki bellashuv O‘zbekiston yoshlar termasiga qarshi o‘tkaziladi. Ushbu o‘yinlar 25 va 28 sentabr kunlariga belgilangan. Shundan so‘ng Qozog‘iston U-17 jamoasi Rossiya yoshlar termasiga qarshi yana ikki o‘rtoqlik uchrashuvini o‘tkazadi. Bu o‘yinlar 2 va 5 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.
Terma jamoa ixtiyoriga 27 nafar futbolchi jalb etilgan:
Darvozabonlar: Abay Zamanbek (KFF Akademiyasi), Matvey Kovalchuk («Qayrat»), Nursultan Soltangazi («Kaspiy»);
Himoyachilar: Kirill Plachinda, Georgiy Grechka, Alixan Abdi, Ildar Datxabaev, Islom Rashidov, Yahyo Baymenov (barchasi — «Qayrat»), Mixail Turishchev, Daniyar Kasi (ikkalasi ham — KFF Akademiyasi), Temur Sultaniyasov («Ordabosi»);
Yarim himoyachilar: David Zarechnij (KFF Akademiyasi), Amir Ospanov, Ali Sadyrbaev (ikkalasi ham — «Shaxtyor»), Nurali Bijanov («Aktobe»), Alixan Aqilbaev, Darin Ibadilda, Nurali Salimov (barchasi — «Qayrat»), Abdulla Bapishev («Magdeburg», Germaniya);
Hujumchilar: Artyom Shalygin (KFF Akademiyasi), Tamerlan Sarsimbaev, Radmir Vdovin (ikkalasi ham — «Qayrat»), Anuar Tolendi («Astana»), Salim Hasanov («Vilyarreal», Ispaniya), Almat Saparxan («Ordabosi»), Timur Kazantsev («Shaxtyor»).

Izohlar (0)