Ochko yo‘qotilishida Mbappe va Vinisius aybdormi?
Madridning “Real” jamoasi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning muammolari haqida fikr bildirdi. U La Liganing 31-turida “Jirona” bilan 1:1 hisobidagi o‘yindan keyin yetakchi hujumchilar — Kilian Mbappe va Vinisius Juniornig formasі haqidagi savolga javob berdi.
- Mbappe va Vinisiusning samaradorligi tushib ketgani haqida nima deyishim mumkin? Men dunyodagi eng yaxshi 4-5 o‘yinchilar qatoriga kiradigan va bunday ko‘rsatkichlarga ega ikki futbolchi uchun xavotir ololmayman.
Biz butun jamoa o‘yinini yaxshilashimiz kerak. Chunki himoyada o‘ynaydigan raqiblarga qarshi natija ko‘rsatishda qiynalyapmiz. Bu ko‘proq jamoaviy harakatlarga bog‘liq, individual ko‘rsatkichlarga emas, - dedi Alvaro Arbeloa AS nashri jurnalistiga.
Joriy mavsumda 25 yoshli Vinisius 46 o‘yinda 17 ta gol va 13 ta golli uzatma bergan. Ispaniya chempionatining so‘nggi 6 uchrashuvidan faqat bittasida u 2 ta gol urgan xolos.
27 yoshli Mbappe hisobida 38 o‘yin, 39 ta gol va 6 ta assist bor. U fevraldan beri La Ligada gol ura olmayapti.
Fikrlar