Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Odil futboldan ketdi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Endi muxlislar uni maydonda ko‘rmaydi

Marokash terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Odil Taarabt 37 yoshida professional futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi. 

U o‘z karyerasi davomida «Benfika», «Milan» va «Tottenxem» klublari kabi mashhur jamoalar sharafini himoya qilgan. So‘nggi mavsumlarda esa futbolchi Birlashgan Arab Amirliklarining «Sharja» klubida to‘p surib kelayotgan edi.

«Men bu kun albatta kelishini bilardim: endi bu bobni yopish vaqti yetdi. Juda ko‘p yillar davomida futbol hayotimning muhim qismi bo‘ldi. Yoruğ pallalar ham, qiyin damlar ham bo‘ldi, xatolar ham qildim, esdan chiqmaydigan kechalar ham bo‘ldi… hammasidan oz-ozdan uchradi», – deya Odil Taarabtning so‘zlarini derbyderbyderby.it nashri keltiradi.

Odil Taarabt 2009 yildan 2022 yilgacha bo‘lgan davr mobaynida Marokash milliy jamoasi tarkibida 30 ta o‘yin o‘tkazgan.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q