Asosiy mazmunga oʻtish
Futbol

O‘FA "Al-Nassr" iltimosini rad etdi

Izohlar: 2

"Al-Nassr" etakchi futbolchisini ehtimoliy jarohatdan saqlamoqchi edi!

Avvalroq, saytimiz orqali Jaloliddin Masharipov terma jamoamizning navbatdagi yig‘inini o‘tkazib yuborishi haqida yozgan edik. Ammo Srechko Katanets jalb qilgan futbolchilar orasida Masharipov nomi ham bor.

SPORTS.uz saytiga ma’lum bo‘lishicha, O‘FA Saudiya Arabistoni klubining iltimosini rad etgan. "Al-Nassr" etakchi futbolchisini ehtimoliy jarohatdan saqlamoqchi bo‘lib, yig‘inga chaqirmasligini so‘ragandi.

Riyodliklar OChL chorak finalidan o‘rin olgan "Al-Vahda"ga qarshi bahsda legionerimizga tayanishni reja qilgan. Uchrashuv 16 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q