Okaforning "Leyptsig"ga transferi barbod bo‘ldi

  • 14.01.2025 18:15
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol

Xabaringiz bor, "Milan" hujumchisi Noa Okafor "Leyptsig"ga o‘tishga yaqin turgandi. Ammo ushbu transfer barbod bo‘ldi. 

Fabritsio Romano xabar berishicha, 24 yoshli futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmagan. Uning jarohati bo‘lgan va keyingi 3-4 hafta maydonga tusha olmaydi. 

Okaforni Germaniya klubi 6 oyga ijaraga olayotgandi. Klublar ham kelishuvga erishib ham bo‘lgandi. Endilikda shveytsariyalik Milanga qaytadigan bo‘ldi. 

Ma’lumot uchun, Noa ushbu mavsum "Milan" tarkibida 16 ta o‘yinda maydonga tushgan va 1 ta gol urdi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!