Oksana Chusovitina hamda Abdulaziz Mirvaliev finalda!
Javohir Malikov
Turkiyada bo‘lib o‘tayotgan Jahon kubogi bosqichining dastlabki kuni ortda qoldi
Turkiyada o‘tkazilayotgan sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogi bosqichining dastlabki kuni ortda qoldi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 2 nafar a’zosi final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Oksana Chusovitina tayanib sakrash (13.083 ball), Abdulaziz Mirvaliev esa erkin mashq (13.533) dasturida kuchli sakkizlikdan joy olishdi. Endi ular ertaga medallar uchun kurash olib borishadi. Shuningdek, bugun ikkinchi kun saralash bahslari bo‘lib o‘tadi.
Bu haqida MOQ xabar bermoqda.
Izohlar (0)