Olga Buzovani jangga chorlashdi
U Rossiya shou-biznesining yorqin vakilalaridan hisoblanadi
Rossiyalik bokschi Angelina Semenova yana bir bor taniqli qo‘shiqchi va teleboshlovchi Olga Buzovani jangga chorladi. Semenova Qozonda o‘tkazilgan “Fight Night” turnirida 22 soniyada g‘alaba qozondi va jangdan so‘ng, ushbu murojaat bilan chiqdi.
“Men Olga Buzova bilan jang qilishni juda xohlayman. Baxtga qarshi, "Dom-2" loyihasi ham yopilmoqda, shuning uchun uning bo‘sh vaqti ko‘p bo‘ladi. Biz ayollar boksi bo‘yicha eng yorqin jangni uyushtirishimiz mumkin", - deya Angelinani so‘zlarini keltirmoqda “RIA Novosti”
Avvalroq, 26 yoshli charmqo‘lqop ustasi Buzovaga "qattiq zarba bermaslikka" va’da berib, ringda uchrashishni taklif qilgan edi. Shu o‘rinda ta’kidlab o‘tish lozimki, Semenova professional boksdagi faoliyati davomida to‘rtta jang o‘tkazib, uchta g‘alaba va bir mag‘lubiyat qayd etgan.

"UFC 257" turnirida yana bir super jang tashkil qilinishi mumkin

Izohlar (0)