Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Olise birinchi marta maydondan haydaldi

Zohir Toshxo'jayev
Izohlar: 0

Bu natijaga ta'sir qildi

«Bavariya» yarim himoyachisi Maykl Olise Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi «Viking»ga qarshi o‘yinni muddatidan oldin tark etdi.

Fransiya terma jamoasi nomzodi 73-daqiqada maydondan chetlatildi. U bir vaziyatning o‘zida qoidani qo‘pol buzgani uchun qatorasiga ikki marta ogohlantirilib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. 

WhoScored portali ma’lumoticha, 24 yoshli futbolchi kattalar futbolida ilk bor qizil kartochka oldi. Uning avvalgi haydalishi 2019 yil boshiga to‘g‘ri keladi – o‘shanda Olise Angliyaning «Reding» yoshlar jamoasi safida o‘ynagan edi.

«Bavariya» bir o‘yinchidan ayrilgach, ustunlikni saqlab qololmadi. «Viking» asosiy vaqtning 90-daqiqasida hisobni tenglashtirib, sensatsion durangni qo‘lga kiritdi – 3:3. Uchinchi taym o‘rtasigacha norvegiyaliklar 2:0 hisobida oldinda borayotgan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Instagram'dagi sahifasiga qo‘shiling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q