Asosiy mazmunga oʻtish

Futbol

Olise rekord o‘rnadi

Oybek Yo'ldoshev
Izohlar: 0

Maykl Olise Frantsiya terma jamoasi tarixida Zidan qo‘l ostidagi dastlabki uch o‘yinning har birida gol yoki golli pas bergan ilk futbolchi bo‘ldi.

Milliy terma jamoalar oʻrtasidagi Liga millatlari guruh bosqichi uchinchi turida Frantsiya va Italiya terma jamoalari durang oʻyin namoyish etdi. Bellashuv 1:1 hisobida yakunlandi. Frantsiya safida yagona golni hujumkor yarimhimoyachi Maykl Olise urdi.

Qanot hujumchisi mazkur turnirda oʻtkazilgan uchala oʻyinda ham samarali harakatlari bilan ajralib turibdi. Stats du Foot maʼlumotlariga koʻra, Maykl Frantsiya terma jamoasi tarixida ilk bor yangi bosh murabbiy qoʻl ostidagi dastlabki uch oʻyinning har birida gol yoki golli pas muallifi boʻlgan futbolchi sifatida qayd etildi.

Eslatib oʻtamiz, yoz mavsumida Frantsiya terma jamoasiga Zinedin Zidan bosh murabbiy etib tayinlangan edi.

Ulashish
SPORTS.uz'ning Facebook'dagi sahifasiga a’zo bo‘ling!

Izohlar (0)

Hozircha izohlar yo'q