
"Oliveyra Maxachevni dastlabki uch raundda "tugatadi"
Engil vazn toifasidagi britaniyalik UFC jangchisi Peddi Pimblett Charlz Oliveyra va Islam Maxachev jangi haqida fikr bildirdi.
"Charlz g‘alaba qozonadi. U Islamni dastlabki uch raundda "tugatadi". Ularning ikkisi ham aql bovar qilmaydigan jangchilar. Maxachev texnik lekin u Oliveyra jang qilgan darajadagi sportchilar bilan urishmagan. Islam kuchli o‘ntalikdagi birortasi bilan jang qilmay kamar uchun kurashadi", - dedi Pimblett.
Ma’lumot uchun, Oliveyra va Maxachev jangi 22 oktyabr kuni Abu-Dabida engil vazn kamari uchun oktagonga ko‘tarildi.
Fikrlar