Olmo faoliyatini "Barsa"da emas, boshqa klubda yakunlaydi
Bu uning orzusi
Ispaniya terma jamoasi va «Barselona» yarim himoyachisi Dani Olmo o‘z professional faoliyatini qaysi klubda yakunlashni istashini ma’lum qildi.
Fichajes nashri xabar berishicha, futbolchi kelajakda yana Zagrebning «Dinamo» jamoasiga qaytishni orzu qiladi. Dani Olmo aynan shu klub tarkibida katta futbolga qadam qo‘ygan va ilk yillarida xorvat jamoasi sharafini himoya qilgan.
Hozirda 28 yoshdagi yarim himoyachi «Barselona» safida 2024 yil yozidan beri to‘p surmoqda. U bilan tuzilgan amaldagi shartnoma 2030 yil iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan. Mutasaddilar Olmoning transfer qiymatini taxminan 60 million yevro atrofida baholamoqda.
Joriy mavsumda Ispaniya chempionati doirasida Dani Olmo yetti uchrashuvda maydonga tushib, jamoadoshlariga uch bor golli pas yo‘llagan.

Izohlar (0)